» » O‘zbekiston maktablarida 5-sinfdan boshlab o‘qitilayotgan “Informatika” fani takomillashtiriladi

O‘zbekiston maktablarida 5-sinfdan boshlab o‘qitilayotgan “Informatika” fani takomillashtiriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8-iyun, dushanba kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda sohadagi maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlashni jadallashtirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi. Ta’kidlanishicha, “Bir million dasturchi” loyihasining dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod o‘quvchi qamrab olinib, ularning 5400 nafariga malaka sertifikati berildi.

2020-yil yakuniga qadar 100 ming nafar va 2021-yilning birinchi yarmida yana 150 ming nafar o‘quvchini o‘qitish, talabalarning dasturiy ta’minot bo‘yicha malakasini oshirish vazifasi belgilandi. 5-sinfdan o‘qitib kelinayotgan “Informatika” fanini zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib takomillashtirish, ushbu fanga “Bir million dasturchi” loyihasiga doir yo‘nalishlarni kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 11-may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda O‘zbekiston maktablarida 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. O‘sha yig‘ilishda kelgusi o‘quv yilida “Bir million dasturchi” loyihasiga 47 ming nafar o‘quvchini qamrab olish haqida so‘z borgandi.

Ma’lumot uchun, 2019-yilning 21-noyabrida O‘zbekistonda dasturchilarni bepul tayyorlovchi One Million Uzbek Coders loyihasi ishga tushirilgandi. Loyiha birinchi navbatda mahalliy aholiga, asosan, yoshlarga axborot texnologiyalari mutaxassisliklarida arzon va sifatli ta’lim olish imkoniyatini beradi. Loyiha Birlashgan Arab Amirliklari hukumati, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko‘magida amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют