» » “Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda to‘liq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi” — Shavkat Mirziyoyev IT’ni rivojlantirish haqida

“Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda to‘liq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi” — Shavkat Mirziyoyev IT’ni rivojlantirish haqida


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-may, dushanba kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari tashabbusi bilan 2020-yil — Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingandi. Prezident Oliy Majlisga shu yil yanvardagi murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan edi.

“Raqamli texnologiyalarning naqadar muhimligini bugungi pandemiya sharoiti ham yana bir bor isbotladi. Ta’lim, davlat xizmatlari, davlat boshqaruvi tizimi, savdo va xizmat ko‘rsatishning hammasi raqamli iqtisodiyot bilan bog‘liqligi yaqqol ko‘rinib qoldi. Yillar davomida masofadan ko‘rsatilmagan xizmatlar sanoqli kunlarda onlayn shaklga o‘tkazildi”, — deyladi xabarda.

Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rinlari internet texnologiyalari yordamida yaratiladi.

Shu bois 2020-yil 28-aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. Jumladan, “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, IT-park’larni tashkil etish va boshqarish kabi vazifalar to‘liq vazirlik vakolatiga o‘tdi.

Shu bilan birga, qarorda yangi loyihalarning moliyaviy manbalari ham aniq ko‘rsatilgan. “Elektron hukumat” doirasida 1,3 trillion so‘mlik 104 ta loyiha, iqtisodiyotning real sektorida 5,3 trillion so‘mlik 87 ta loyiha, telekommunikatsiyalar borasida 15,1 trillion so‘mlik 35 ta, agrar sohada 24 ta, IT-park’lar bo‘yicha 18 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev “Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda to‘liq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi”, deya ta’kidladi.

Xizmatlarni raqamlashtirish borasidagi hozirgi ahvol tahlil qilindi. Qayd etilishicha, davlat idoralarida mavjud 700 dan ortiq axborot tizimlarining atigi 30 foizi “Elektron hukumat” tizimiga ulangan. Davlat xizmati ko‘rsatuvchi 80 ta idoraning atigi 27 tasi Davlat xizmatlari agentligiga integratsiya qilingan.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Prezident vazirlik va idoralarda axborot texnologiyalarini qo‘llash darajasiga qarab undagi rahbarlarning oylik mukofot pulini oshirish yoki kamaytirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilda O‘zbekistonda optik tolali aloqa qamrovini maktabgacha ta’lim tizimida 41 foizdan 100 foizga, xalq ta’limida 40 foizdan 70 foizga, sog‘liqni saqlash sohasida 38 foizdan 100 foizga yetkazish vazifasi belgilangan. Bu orqali ko‘plab qishloqlarga internet tarmog‘i yetib boradi.

Kelgusi o‘quv yilida “1 million dasturchi” loyihasiga 47 ming nafar o‘quvchini qamrab olish, sohaga zamin yaratish uchun maktablarda 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют