» » Moskvada 9-iyundan o‘zini o‘zi yakkalash va ruxsatnomalar tartiblari bekor qilinadi

Moskvada 9-iyundan o‘zini o‘zi yakkalash va ruxsatnomalar tartiblari bekor qilinadi


Moskva meri Sergey Sobyanin 9-iyundan boshlab o‘zini o‘zi yakkalash tartibi, ruxsatnomalar rejimi, shuningdek, 9, 16 va 23-iyun kunlari uch bosqichda shahardagi boshqa karantin cheklovlarini asta-sekin yumshatish haqidagi hujjatni imzoladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“9-iyundan boshlab o‘zini o‘zi yakkalash va ruxsatnomalar tartiblari bekor qilinadi. Ular bilan birga sayr qilish grafigi ham bekor bo‘ladi. Shahar aholisi, jumladan, 65 yosh va undan katta fuqarolar, surunkali kasalligi bo‘lgan odamlar ham cheklovlarsiz ko‘chaga chiqishi va jamoat joylariga borib, o‘z ishini bitirishi mumkin”, — deb yozgan Sobyanin o‘z shaxsiy saytida.

Shuningdek, mer ijtimoiy xaritalar yana ishlay boshlashi va imtiyozga ega fuqarolar bepul jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishi mumkinligini ta’kidlagan.

9-iyundan Moskvada go‘zallik salonlari va veterinariya klinikalari ochiladi, karsheringga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilinadi, teatrlarda repititsiyalarga ruxsat berilib, qabristonlar odamlar ziyorat qilishi uchun ochiladi. 16-iyundan boshlab esa muzeylar, ko‘rgazmalar ochiladi, stomatologiya klinikalarida tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatishga ham ruxsat etiladi. 23-iyundan boshlab fitness-klublar va suv havzalari, daryo tramvaylaridagi ekskursiyalar faoliyati boshlanadi. Bolalar bog‘chalari ham ochilishi ko‘zda tutilgan.

Restoran va kafelar ikki bosqichda ochiladi: 16-iyundan yozgi ayvonchalar, bir haftadan keyin esa asosiy binolarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish ishlari boshlab yuboriladi.

Merning blogida tibbiy niqob hamda qo‘lqoplarga bog‘liq tartib haqida ma’lumot berilmagan, shuningdek, ijtimoiy masofalanish va boshqa sanitariya talablari haqida hech narsa deyilmagan.

Mavzuga doir: Moskva meri karantin choralari yanada yumshatilishini e’lon qildi

Sobyanin yaqin vaqt ichida shahar odatiy hayot tarziga qaytishini ma’lum qilgan.

Moskvada 30-martdan boshlab o‘zni yakkalash tartibi joriy qilingan. 10-apreldan Moskvada koronavirus sabab qabristonlarni ziyorat qilish taqiqlangan. 15-apreldan boshlab shahar aholisining ishga, tibbiyot muassasalariga hamda shaxsiy ish bilan manzillarga borish uchun raqamli ruxsatnomalar tizimi ishga tushirilgan.

1-iyundan boshlab moskvaliklarga, xususan, 65 yosh va undan katta kishilarga, surunkali kasalligi bor bemorlarga ko‘chada sayr qilishga va ochiq havoda sport bilan shug‘ullanishga ruxsat berilgan. Xiyobonlar ochilgan, velosiped ijaraga berish xizmatlari faoliyati qayta tiklangan. Shuningdek, avtosalonlar, maishiy buyumlar do‘konlari va dam olish kunlari uchun yarmarkalar ochilgan.

Biroq o‘zni yakkalash tartibi hamda raqamli ruxsatnomalardan foydalanish muddati uzaytirilgan va 14-iyungacha amal qilishi lozim edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют