» » Xo‘jaobodda 5 ming dollarni 51,3 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ikki shaxs ushlandi

Xo‘jaobodda 5 ming dollarni 51,3 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ikki shaxs ushlandi


Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 5000 dollarni 51,3 million so‘mga almashtirayotgan ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish borasida DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqarolar S.I. va I.Yu. xaridor M.ga 5000 dollarni 51,3 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, S.I.ning yonida noqonuniy o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 2300 dollar borligi aniqlangan. Jami 7300 dollar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.I. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda 5000 dollarni noqonuniy sotayotgan valyutafurush qo‘lga tushgani, Namanganda qalbaki 100 AQSh dollarini muomalaga kiritgan shaxs ushlangani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют