» » Andijonda qalbaki 10 ming dollarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs o‘zini kanalga tashlab qochayotganda ushlandi

Andijonda qalbaki 10 ming dollarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs o‘zini kanalga tashlab qochayotganda ushlandi


Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida qalbaki 10 ming dollarni haqiqiy 6880 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamentining Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro B.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro J.M.ga qalbaki 10 ming dollarni 6880 dollarga sotishga kelishgan. Sheriklar Oltinko‘l tumanidagi Mayramxon kanali yonida fuqaro J.M.ga qalbaki 7900 dollarni berib, qolgan 2100 dollarni boshqa cho‘ntagidan olayotgan vaqtida tadbir o‘tkazilayotganligini sezib qolgan. Shundan so‘ng fuqaro B.K. voqea joyidan yashirinish maqsadida Mayramxon kanaliga o‘zini tashlagan va qochmoqchi bo‘lgan. Biroq mazkur fuqaro ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют