» » Andijonda qalbaki 50 ming so‘mlik kupyuralarni sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda qalbaki 50 ming so‘mlik kupyuralarni sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘limi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro K.N. 9 dona 50 ming so‘mlik qalbaki kupyurani 225 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Xabar.uz” ma’lum qildi.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda K.N. qalbaki pullarni jinoiy sheriklari bilan oldindan til biriktirib, Xo‘jaobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan xonadonda rangli printer yordamida tayyorlagani aniqlangan.

Qalbaki pullarni ishlab chiqarishda foydalanilgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют