» » Toshkentda yana 66 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi, ular orasida 80 yoshli otaxon ham bor

Toshkentda yana 66 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi, ular orasida 80 yoshli otaxon ham bor


Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida biryo‘la 66 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Tuzalganlarning 40 nafari erkak, 26 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 80 yoshli otaxon bo‘lsa, yoshi kichigi 2019-yil tug‘ilgan.

Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 19 nafar, Andijon viloyatidan 9 nafar, Namangan viloyatidan 7 nafar, Toshkent viloyatidan 6 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 4 nafar, Buxoro viloyatidan 2 nafar, Sirdaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlaridan 1 nafardan bemor tuzalgan.

Qayd etilishicha, Toshkentda sog‘ayganlar 1 469 nafar bo‘lsa, endilikda ular 1 535 nafarga yetib, davolanayotganlar 846 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan sog‘ayganlar 3 423 nafarga yetdi. Bundan avval sog‘ayganlar soni 3 357 nafarni tashkil qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 9-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra 4 448 nafarni tashkil qilmoqda. Virus asoratlaridan vafot etganlar soni esa 18 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют