» » O‘zbekiston va Singapur erkin savdoni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston va Singapur erkin savdoni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi


O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim imzolanishi hamda O‘zbekiston—Singapur ishbilarmonlar kengashi tuzilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan xabar berilishicha, 2020-yilning 8-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov Singapur bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Xenk Svi Kit va Singapur savdo va sanoat katta davlat vaziri Ko Po Kun bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qildi.

Muzokaralar doirasida ishtirokchilar Singapur investitsiyalari ishtirokida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar holati, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim va sog‘liqni saqlash, farmasevtika va transport infratuzilmasi sohasidagi sheriklikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. Mavjud loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va O‘zbekistonda biznes yuritish uchun Singapurning yangi kompaniyalarini jalb etish bo‘yicha aniq tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish maqsadida hamkorlikning strategik yo‘nalishlarini rivojlantirish va ikkala mamlakat ishbilarmon doiralarini o‘zaro manfaatli hamkorlikka va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirish uchun platforma — O‘zbekiston—Singapur ishbilarmonlar kengashini tuzish g‘oyasi muhokama qilindi.

Ikki mamlakatning manfaatdor kompaniyalarini savdo shartnomalarini ishlab chiqishga jalb etish orqali Singapurga o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish mexanizmlari atroflicha muhokama etildi. Savdo aylanmasini oshirish bo‘yicha salmoqli salohiyatni hisobga olgan holda O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni tuzish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirish taklif etildi.

Ikki mamlakat o‘rtasida yo‘lovchi va yuk qatnovlarini jadallashtirish, shuningdek, yuk tashish oqimlarini boshqarish va aviakompaniyalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yetakchi Singapur transport kompaniyalari tajribasini o‘rganish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Tomonlar “Singapur hamkorlik dasturi” doirasida O‘zbekiston vazirliklari va idoralari rahbariyati uchun malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha strategik maslahatchilar sifatida singapurlik ekspertlarni jalb qilish, shuningdek, Namangan viloyatida Ijtimoiy fanlar bo‘yicha Singapur universiteti filialini ochish kabi ta’lim salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan institutsional hamkorlik istiqbollarini alohida muhokama qildi.

Vazirlik tomonidan ta’kidlanishicha, Singapur tomoni institutsional salohiyatni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish orqali Jahon savdo tashkilotiga kirish jarayonida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, erkin savdo tamoyillarini rivojlantirishda tajriba almashish uchun singapurlik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha qat’iy niyatlarini bildirdi.

Avvalroq Toshkentdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasining davlat ulushi Singapur kompaniyasiga sotilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston—Turkmaniston chegarasida savdo zonalari yaratiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют