» » G‘aniyev va Meredov Mirziyoyevning Turkmanistonga bo‘lg‘usi tashrifini muhokama qildi

G‘aniyev va Meredov Mirziyoyevning Turkmanistonga bo‘lg‘usi tashrifini muhokama qildi


O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor G‘aniyev Ashxobodda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar bermoqda UzDaily.

Elyor G‘aniyev Ashxobodga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Turkmanistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish uchun keldi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdi. Ular siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Elyor G‘aniyev va Rashid Meredov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga bo‘lg‘usi tashrifiga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Xususan, tomonlar ushbu tashrif chog‘ida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar paketini ko‘rib chiqdi.

Tomonlar samarali hamkorlikning holati yuzasidan qoniqish bildirdi hamda o‘zaro hurmat va ishonch prinsiplariga asoslangan o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada kuchaytirish zaruriyatini qayd etdi.

Опубликовано: admin (4-03-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют