» » Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3 nafarga, Janubiy Koreyada esa 50 nafarga oshdi

Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 3 nafarga, Janubiy Koreyada esa 50 nafarga oshdi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 3 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 5 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 6 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining barchasi chetdan yuqtirilgan. Mamlakatda umumiy hisobda 83 046 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 357 nafari sog‘aygan, 4 634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 55 nafar bemor qolmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 5 kishi infeksiyani belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Shunday kishilarning yana 155 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusni zararsizlantiruvchi antitanalarga ega dori vositasini sinovdan o‘tkazish boshlandi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 50 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 11 902 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Qayd etilishicha, kasallanganlarning 43 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 7 nafari chetdan yuqtirgan.

So‘nggi sutkada 22 kishi koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 10 611 nafarga yetdi. Kasallikdan yana ikki kishi vafot etib, qurbonlar soni 276 kishiga yetdi.

Janubiy Koreyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha qariyb 1,05 millionta test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: JSST koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют