» » Yaponiya kemalari AQSh avianosets guruhi bilan Koreya yarim oroli yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun dengizga chiqdi

Yaponiya kemalari AQSh avianosets guruhi bilan Koreya yarim oroli yaqinida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun dengizga chiqdi


Yaponiya harbiy-dengiz kuchlarining raketali esminetslari — “Asagara” va “Samidare” AQShning Carl Vinson atom avianosetsi boshchiligida yetib kelayotgan zarbdor guruhi bilan birgalikda o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Kyusyu orolidagi Sasebo harbiy-dengiz bazasidan chiqdi. Kelasi hafta boshida bu qo‘shilma Koreya yarim oroliga yaqinlashib, Yapon dengiziga kirishi kutilmoqda. Bu haqda NHK telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Shu bilan birga, guruhning harakatlanish grafigi uzil-kesil belgilanmagan, uning yapon kemalari bilan harbiy mashqlar o‘tkazish muddatlari hozircha kelishilmoqda.

NHK ta’kidlashicha, AQSh va Yaponiya HDKning Koreya yarim orolida hamkorlikni mashq qilishi KXDRga tiyilish ta’sirini o‘tkazishga qaratilgan. Vashington va Tokio Pxenyan 25-aprelda nishonlanadigan Koreya xalq armiyasining 85 yilligi munosabati bilan yangi yadro sinovini o‘tkazishi yoki ballistik raketa uchirishini istisno qilmayapti.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют