» » AQSh HDKning Carl Vinson avianosetsi Janubiy Koreyaning Pusan portiga kirdi

AQSh HDKning Carl Vinson avianosetsi Janubiy Koreyaning Pusan portiga kirdi


AQSh harbiy-dengiz kuchlarining USS Carl Vinson avianosetsi Janubiy Koreyada hamkorlikda o‘tkazilayotgan Foal Eagle manyovrlarida ishtirok etish uchun Pusan portiga kirdi, deb yozadi “TASS” Amerika harbiy kontingentining Koreya Respublikasidagi qo‘mondonligiga tayanib.

Avianosets boshchiligidagi zarba guruhi tarkibiga, shuningdek, ikkita raketa esminetsi, kreyser va 74 ta samolyot kiradi.

Manyovrlar chog‘ida tomonlar shartli dushmanning suv osti kemalariga qarshi kurash kabi jangovar harakatlarni mashq qilish, shuningdek, kema artilleriyasidan yer ustidagi nishonlarga o‘q uzishni rejalashtirmoqda.

Koreya yarim oroli janubidagi Foal Eagle yirik dala manyovrlari 1-martdan boshlab olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (15-03-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют