» » Meksikada baliqchi okeandan salkam 40 kiloli baliq tutib 67 yil avvalgi jahon rekordini yangiladi

Meksikada baliqchi okeandan salkam 40 kiloli baliq tutib 67 yil avvalgi jahon rekordini yangiladi


Meksikaning Janubiy pastki Kaliforniya shtatida baliqchi okeandan jahonning eng yirik oq olabug‘asini olib chiqdi. Bu haqda USA Today xabar berdi.

Og‘irligi 39,9 kilogramm keladigan ulkan baliqni okean qirg‘og‘ida baliq ovlash bilan shug‘ullangan 36 yoshli Rikardo Reyes Martines tutgan. Bu 30-aprelda yuz bergan. Biroq sport baliq ovi xalqaro assotsiatsiyasi ushbu muvaffaqiyat haqida iyun oyiga kelib xabar berdi.

Rikardo ulkan olabug‘alarni tutish bo‘yicha 1953-yilda (bundan 67 yil avval) o‘rnatilgan rekordni yangilagan. O‘shanda tutilgan olabug‘aning og‘irligi 37,98 kilogramm bo‘lgan.

Baliqchining so‘zlariga ko‘ra, u rekord o‘rnatdim, deb o‘ylamagan. Dastlab tutgan balig‘i haqida ma’lumot jo‘natub, ro‘yxatdan o‘tkazishni ham xohlamagan.

Mavzuga doir: Avstraliyalik ota-bola ulkan timsohni tutib, u bilan fotosessiya uyushtirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 126) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют