» » Nafsi buzuq to‘yda o‘lar: Olabug‘ani yutib yuborishga uringan cho‘rtanbaliq muzlab qoldi (video)

Nafsi buzuq to‘yda o‘lar: Olabug‘ani yutib yuborishga uringan cho‘rtanbaliq muzlab qoldi (video)


Indiana shtatida yashovchi aka-uka Anton va Aleks Babichlar noyob hodisa guvohiga aylandi. Ular Sirakuza shahri yaqinidagi ko‘lda muzlab qolgan yirik cho‘rtanbaliqqa duch keldi. Uning og‘zidan olabug‘a chiqib turardi. Aka-ukalardan biri Facebook’dagi sahifasiga joylagan suratga National Geographic e’tibor qaratdi.

Suratga ko‘plab izohlar qoldirilganligi va ko‘pchilik kadrning haqiqiyligiga ishonmaganligi uchun aka-ukalar baliqlarni muzdan chiqarib, videoga olishga qaror qildi.

Yuz bergan hodisani izohlar ekan, Aleks Babich olabug‘a dastlab biror baliqchining qarmog‘iga ilingan-u, lekin kichik bo‘lgani uchun qo‘yib yuborilgan, deb taxmin qildi.

Uning taxminicha, shikastlangan baliq ko‘p o‘tmay o‘lgan va suv yuzasida turib qolgan. Oson o‘ljaga duch kelgan cho‘rtanbaliq esa uni yutib yuborishga uringan, biroq olabug‘a uning og‘ziga tiqilib qolgan. Shundan so‘ng har ikkala o‘lik baliqni muz qoplab olgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют