» » Apple va Microsoft kapitalizatsiyalari 1,5 trln dollarlik marrani zabt etdi

Apple va Microsoft kapitalizatsiyalari 1,5 trln dollarlik marrani zabt etdi


Apple va Microsoft kapitalizatsiyasi 1,5 trillion dollardan oshgan ilk kompaniyalarga aylandi. Bu NASDAQ birjasidagi navbatdagi savdolar vaqtida sodir bo‘lgan. Apple aksiyasi 352 dollarga qadar, Microsoft’niki esa 196 dollargacha ko‘tarilgan, deb xabar beradi Barron’s.

Shuningdek, boshqa texnologik gigantlar kapitalizatsiyasida ham o‘sish kuzatilgan. Amazon’da ushbu ko‘rsatkich 1,3 trillionga yetgan bo‘lsa, Alphabet’da esa (Google’ga egalik qiluvchi kompaniya) — 1 trillion dollarni tashkil etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu to‘rtta kompaniya aksiyalari qiymatining rekord darajada o‘sishi asosiy indekslarning pasayishi fonida sodir bo‘lmoqda. Xususan, S&P 500 indeksi 0,5 foizga, Dow Jones — 1 foizga tushib ketgan.

Ta’kidlanishicha, Apple va Microsoft aksiyalari qiymatining o‘sishiga koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq inqiroz va AQShdagi norozilik namoyishlari sabab bo‘lgan. Yuqori texnologik kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari investorlar tomonidan mablag‘larni saqlashning xavfsiz yo‘li hisoblanadi.

Kompaniyalar koronavirus tarqalishidan ham foyda ko‘rgan. Amazon oddiy do‘konlar yopilishi va elektron savdolarning yanada ommalashishidan foyda ola boshlagan, Microsoft texnologiyalari esa masofadan turib ishlovchilar uchun kerak bo‘ldi. Alphabet reklamalar ortidan boyib ketdi, Apple kompaniyasi esa 5G iPhone’larning taqdim etilishi ortidan mo‘maygina foyda ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Apple 2019-yilning fevralida kapitalizatsiya bo‘yicha Microsoft’ni ortda qoldirgan edi. O‘shanda kompaniyaning kapitalizatsiyasi 806,6 milliard dollarni tashkil etgandi. Shu yilning yanvarida Alphabet’ning umumiy qiymati 1 trillion dollarga yetgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют