» » Mayk Tayson MMA afsonasi bilan jang uchun taklif qilingan 18 mln dollarlik shartnomani rad etdi

Mayk Tayson MMA afsonasi bilan jang uchun taklif qilingan 18 mln dollarlik shartnomani rad etdi


Boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson ko‘rgazmali jang o‘tkazish borasidagi taklifni rad etdi.

BJPenn’ning xabar qilishicha, Bare Knuckle Fighting Championship (BKFC) promousheni sportga qaytganini e’lon qilgan Taysonga MMA afsonasi Vanderley Silva bilan jang qilish taklifi bilan chiqdi. Buning uchun Taysonga 18 million dollar taklif qilingan. Avvalroq tashkilot rahbari mazkur jang uchun 20 million dollardan voz kechishga tayyor ekanini aytgandi.

Ta’kidlanishicha, Tayson qo‘lqopsiz o‘tadigan janglarda qatnashmoqchi emas va shu sabab ushbu taklifga rad javobini bergan.

Eslatib o‘tamiz, 53 yoshli boks afsonasi xayriya maqsadida ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. U professional boksda 56 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan (44 nokaut) va olti bor mag‘lubiyatga uchragan.

Ma’lumot uchun, BKFC — boks qoidalari bo‘yicha qo‘lqoplarsiz o‘tadigan jang san’ati hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют