» » AQSh politsiyasi Chevrolet avtosalonida sodir etilgan o‘g‘irlik videosi bilan bo‘lishdi

AQSh politsiyasi Chevrolet avtosalonida sodir etilgan o‘g‘irlik videosi bilan bo‘lishdi


Sent-Luis politsiyasi qora tanli Jorj Floydning o‘limi sabab yuzaga kelgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida Chevrolet salonidan Tahoe yo‘ltanlamasi va Corvette sportkari o‘g‘irlanayotgani tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

Bu safar marodyorlar Don Brown Chevrolet dilerlik saloniga bostirib kirgan. Ofisdagi kameralar bir guruh odamlarning binoga bostirib kirayotgani va zalga qo‘yilgan avtomobillarning kalitlarini qidirib, stollarni titib chiqqanini tasvirga olgan. Boshqa bir kamera obyektiviga esa 50 ming dollar turadigan Tahoe yo‘ltanlamasi va undan ancha qimmatroq turuvchi Corvette sportkarini binodan olib chiqib ketayotgan o‘g‘rilar tushib qolgan.

Below is surveillance video of the incident. pic.twitter.com/cVHmI5j2jg

— St. Louis, MO Police (@SLMPD) June 8, 2020

Politsiya hozirda videodagi erkaklarni qidirish bilan shug‘ullanmoqda.

Avvalroq AQShdagi norozilik namoyishchilari Manxettendagi do‘konlarni o‘margani, ayrimlar avtosalonlarga bostirib kirib, mashinalarni yoqib yuborgani va 50 ta sportkarni minib qochgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQShda bezorilar noyob Porsche superkarining rasvosini chiqardi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют