» » Boshni har kuni yuvish kerakmi?

Boshni har kuni yuvish kerakmi?


Biz siz bilan har kuni yuvish sochlarga qanday ta’sir qilishi va bosh terisi sog‘lom bo‘lishi uchun bu tadbirni qanday tarzda amalga oshirish to‘g‘risida gaplashib olmoqchimiz.

Bizning sochlarimizni va bosh terisini yog‘ bezlari ishlab chiqaradigan sebum himoya qiladi. U bakteriyalarga qarshi to‘siq bo‘lib xizmat qiladi, terini namlaydi va tashqi ta’sirlardan saqlaydi. Agar siz sochlaringizni haddan tashqari tez-tez yuvsangiz, terining himoya qatlamini yo‘qotasiz, bu bilan bakteriyalarga va qazg‘oqqa yo‘l ochgan bo‘lasiz. Shuningdek sochlarning rangi xiralashadi, shampun tarkibidagi moddalar ta’sirida ularning tuzilishi buziladi.

Nima, endi boshni umuman yuvmaslik kerakmi? Kir sochlar chiroyli ko‘rinmaydi, yoqimsiz hid chiqaradi. Bu jarayonda bir muvozanatni topish uchun bir nechta mezonlarga qarab yo‘nalishni belgilab olishimiz kerak.

Agar sochlaringiz ancha qalin va jingalak bo‘lsa, ular quruq yoki normal xilga kiradi, siz ularni 3—4 kunda bir marta yuvishingiz mumkin.

Agar sochlaringiz ingichka bo‘lsa, ular kechga borib kirdek ko‘rinib qoladi, chunki ajralib chiqqan yog‘lar sochlarning ildizidan to uchigacha oson tarqaladi. Bu holat yog‘li sochlarda yuz beradi. Bunday sochlarni kun osha yuving, ikkinchi kun esa quruq shampundan foydalaning.

To‘g‘ri, agar siz sport bilan shug‘ullansangiz vaziyat o‘zgaradi. Boshni mashqlardan keyin darrov yuvish yaxshiroq, chunki jismoniy faollik nafaqat yog‘, balki ter bezlari ishini ham tezlashtiradi.

Manba: “Whealth.ru”

Опубликовано: admin (21-04-2017, 14:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют