» » Bahorda eng aktual bo‘lgan 3 xil soch turmagi

Bahorda eng aktual bo‘lgan 3 xil soch turmagi


Bahor – o‘zgarishlar fasli! Bizning maqolamiz bahorda eng aktual va urfda bo‘lgan soch turmaklari haqida.

Bu chiroyli va qo‘pol turmak bir qarashda oson bo‘lib ko‘rinsa ham, aslini olganda ancha qiyin.

Boshida stilistdan sochga shakl berishni so‘rang. Bu turmakda shakl berish — muvaffaqiyat siri. Soch o‘ramlarini biroz ko‘pirtirib turmakka yengillik baxsh eting.

Ukladka qilishda jingalak sochlar uchun qo‘llaniladigan vositadan foydalaning. Bu vositani ho‘l sochlarga suring va shakllanishni sochlarning o‘ziga qo‘yib bering.

Bob — kare asosidagi soch turmagi. Bu to‘g‘ri va ingichka sochli ayollar uchun mukammal variant hisoblanadi.

Iyakkacha keladigan uzunlikdagi bob soch turmagini qilish uchun sochlarning uchi tekis qilib kesilgan bo‘lishi kerak. Turmak ko‘p qavatli bo‘lmasligi lozim.

Turmak chiroyli bo‘lishi uchun to‘g‘ri ukladka qiling. Bu ishda sizga issiqlikdan himoya qiluvchi sprey va tekis nasadkali soch dazmolchasi yordam beradi.

Uzaytirilgan “sheg” — uzun sochlar uchun ko‘p darajali soch turmagi. Yuzni o‘rab turuvchi chyolka va soch o‘ramlari — turmakning asosiy elementlari hisoblanadi.

Stilistdan yuqori qovoqqacha tushib turadigan uzunlikda va notekis turadigan chyolka kesishni iltimos qiling. Yuzingizni o‘rab turadigan o‘ramlar va ko‘p qavatli turmak bo‘lishi uchun yondan, orqadan tushib turuvchi sochlar qo‘shing.

Bu turmakning o‘ziga xosligi hajmga bog‘liqdir. Boshingizni eging va sochlaringizni fen yordamida quriting. Quritilgan sochlarga jingalak bo‘lishi uchun o‘rtacha yoki kichkina o‘lchamdagi qisqichlar o‘rab qo‘ying. Keyin sochlaringizni silkiting va turmakni hurpaytiring.

Manba: “Popsugar.com”

Опубликовано: admin (11-03-2017, 10:59)
+2 (голосов: 4)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют