» » Asamoa Gyan va yana 40 futbolchi noodatiy soch turmagi uchun BAAda jarimaga tortildi

Asamoa Gyan va yana 40 futbolchi noodatiy soch turmagi uchun BAAda jarimaga tortildi


BAAning “Al-Ahli” jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan, transfer huquqi Xitoyning “Shanxay SIPG” klubiga tegishli hujumchi Asamoa Gyan va yana 40 futbolchi noodatiy soch turmagi uchun BAA futbol assotsiatsiyasi tomonidan jarimaga tortildi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.

Squawka’ning ma’lum qilishicha, Gyan va qolgan 40 futbolchi yanvar oyida bo‘lib o‘tgan Afrika Millatlar Kubogi—2017 turniri oldidan yangi soch turmagiga ega bo‘lgandi. Amirliklarda boshning ma’lum qismi qirib tashlangan va biroz g‘alati bo‘lgan soch turmaklariga taqiq qo‘yilgan. Bunday soch turmaklari Islom diniga xos emas, deb hisoblanadi.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistonida “Ash-Shabob” futbol klubi darvozabonining sochi maydonning o‘zida kesib tashlandi (video)

Asamoa Gyan soch turmagi ham “odobsiz” deb topildi. Taqiq qo‘yilganiga qaramay, bunday holatlar tez-tez kuzatib turiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют