» » Karlos Tevesni eng serdaromad futbolchiga aylantirgan “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Karlos Tevesni eng serdaromad futbolchiga aylantirgan “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasidan chiqib ketdi


Xitoyning “Shanxay Shenxua” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichiga yo‘l ola bilmadi. Pley-off bosqichida Avstraliyaning “Brisben Roar” klubini qabul qilgan xitoyliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

O‘zbekistonlik referi Valentin Kovalenko boshqarib borgan uchrashuvda jahonda eng katta maosh oladigan futbolchi Karlos Teves to‘liq ishtirok etdi, biroq raqib darvozasiga gol ura olmadi. Uning qatorida Shanxay klubi safida Jovanni Moreno, Obafemi Martines kabi legionerlar ham o‘ynagandi.

Avvalroq Shanxay shahrining boshqa bir klubi “Shanxay SIPG” pley-offni muvaffaqiyatli yakunlagan, uchrashuvda asosiy ishni jamoaning legioner futbolchilari bajarib bergandi. “Shanxay Shenxua”da esa bunday bo‘lmadi.

Osiyo Chempionlar ligasi
Pley-off
8-fevral, chorshanba

Gollar: Brendan Borrelyo, 2 (0:1). Tom Oar, 41 (0:2).

Опубликовано: admin (9-02-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют