» » Qashqadaryoda bir korxona ishchilarining 28 nafari koronavirusga chalingani haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Qashqadaryoda bir korxona ishchilarining 28 nafari koronavirusga chalingani haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi


O‘zbekistonda 11-iyun kuni yana 72 kishida koronavirus aniqlangani, ularning 28 nafari Qashqadaryoning Muborak tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxona ishchilari ekanligi xabar berilgan edi. Nasaf News ushbu bemorlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Muborak tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi rahbari Xo‘jamurod Kazakovning ma’lum qilishicha, tumandagi xorijiy tashkilotning COVID-19 virusiga chalingan 28 nafar xodimidan 27 nafari Qozog‘iston fuqarosi, yana bir nafari turkiyalik bo‘lib, ularning barchasi Enter Engineering kompaniyasi xodimlaridir.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha koronavirusdan kasallanganlarning soni 40 nafarga yetdi. Ulardan 6 nafari kasallikdan to‘liq sog‘aygan, 34 nafar bemor davolanmoqda. Vafot etganlar yo‘q.

Ma’lumot uchun, 12-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4819 nafarni tashkil qilmoqda. Hozirgacha 3637 nafar  fuqaro sog‘aygan, 19 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Qarshi shahridagi bozorda koronavirusga chalingan bemor chiqqani haqidagi xabar bozor rahbariyati tomonidan rad etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют