» » Umar Nurmagomedovning UFC’dagi debyut jangi qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Umar Nurmagomedovning UFC’dagi debyut jangi qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning amakivachchasi yarim yengil vaznli Umar Nurmagomedov o‘zining UFC’dagi debyut jangini iyul oyida Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da o‘tkazadi. Bu haqda uning menejeri Rizvan Magomedov ma’lum qildi.

“Iyul, “Jangchilar oroli”, — deydi Magomedov.

Biroq hozircha Umarning raqibi kim bo‘lishi noma’lum.

Ma’lumot o‘rnida, Umar Nurmagomedov aralash jang san’atlarida (MMA) umumiy hisobda 12 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

U so‘nggi bor Toshkentda o‘tgan GFC 20 kechasida Brayan Gonsalesni mag‘lub etib, chempionlik kamarini himoya qilgandi. Jangdan so‘ng Umar UFC’da debyut qilmoqchi ekanini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют