» » Olimlar ortiqcha vazndan parhezsiz xalos bo‘lish va qarishni sekinlashtirish yo‘lini topdi

Olimlar ortiqcha vazndan parhezsiz xalos bo‘lish va qarishni sekinlashtirish yo‘lini topdi


AQShdagi Virginiya universiteti olimlari semizlikni davolashda samara beradigan BAM15 ajraluvchi oqsilini aniqladi, deb xabar beradi Virginia Tech Daily.

“Ajraluvchi oqsillar hujayralar metabolizmini organizm ortiqcha harakat yoki parhezsiz ko‘proq kaloriya yo‘qotishi uchun o‘zgartirishga qodir”, — deyiladi tadqiqotda.

Olimlar sichqonlar ustida tajriba o‘tkazgan bo‘lib, BAM15 yuqori dozada ham zararli emasligi va to‘yganlik hissini tartibga soluvchi miya sohasining ishiga ta’sir ko‘rsatmasligini aniqlagan.

“Biz BAM15 effektini nazorat guruhidagi sichqonlarda taqqoslab ko‘rdik. Ikkala guruhga ham bir xil miqdorda ovqat berdik, biroq BAM15 va hech qanday jismoniy zo‘riqishlardan keyin sichqonlar o‘zidagi yog‘ qatlamidan xalos bo‘la boshladi”, — deyiladi maqolada.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, BAM15’ning yana bir o‘ziga xosligi u oksidlovchi stress va yallig‘lanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

“BAM15 organizmda kislorodning faol shakllari to‘planib qolishini kamaytirishi mumkin, bu esa neyrodegenerativ kasalliklar profilaktikasiga va qarishning oldi olinishiga olib keladi”, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Vebster Santos.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, oqsil bilan davolashning yagona kamchiligi BAM15’ning organizmda yarimparchalanish davri hisoblanadi — u juda qisqa muddatda sodir bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют