» » Shavkat Mirziyoyev Olmazor Сity’dagi 30 qavatli uyni 2022-yil apreligacha bitirish haqida topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Olmazor Сity’dagi 30 qavatli uyni 2022-yil apreligacha bitirish haqida topshiriq berdi


Olmazor City’da 2020-yilda 1 200 kvartirali 8 ta ko‘p qavatli uy, 2021-yilda esa 1 100 kvartirali yana 8 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, siti hududida yangi maktab, bolalar bog‘chasi, yirik savdo majmuasi va boshqa obyektlar ham foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi davomida Olmazor City hududidagi 500 kvartirali 30 qavatli uyni 2022-yil birinchi choragida topshirish zarurligini ta’kidladi.

Mutasaddilarga Olmazor tumanida kamida 4-5 qavatli savdo-ko‘ngilochar markazlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, Qoraqamish-1 ko‘chasidagi eski dehqon bozori negizida “Ekobozor” va avtoturargoh qurib, ishga tushirish haqida topshiriqlar berildi.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga tashrifi davomida Toshkent viloyati Toshkent tumanining Olmazorga yaqin qismida 260 gektar maydonida 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha qurishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют