» » Shavkat Mirziyoyev: Olmazor City’ga O‘zbekistondagi barcha olma turlarini ekish kerak (video)

Shavkat Mirziyoyev: Olmazor City’ga O‘zbekistondagi barcha olma turlarini ekish kerak (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmazor City’da olma daraxtlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot 24” dasturida ma’lum qilindi.

Xabar berishlaricha, Olmazor tumanining yangi markaziga aylanadigan bu zamonaviy mavzeda yetti qavatli, jami 2200 xonadondan iborat uylar, oilaviy poliklinika, 600 o‘rinli maktab, 180 o‘rinli bolalar bog‘chasi, 600 o‘rinli ko‘p qavatli avtoturargoh, savdo va ko‘ngilochar majmua, 50 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, biznes-markaz bo‘ladi.

Hamma yerida O‘zbekistonda mavjud barcha olma turlari ko‘chatlari ektirish kerak. Olmazor City ekanligi olmalaridan bo‘lsin. Bahorgi, kuzgi, yozgi olmalar bo‘lsin. Shuni loyihaga kiritinglar. Do‘konlarining ichida esa Turkiyadagiga o‘xshab, tuvakning ichida olmalar bo‘lsin. Olmazor ekanligini bildirishingiz kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Kuni kecha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmazor City loyihasini ma’qullagani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют