» » Shavkat Mirziyoyev: Tashkent City shahar ichidagi yangi shahar bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev: Tashkent City shahar ichidagi yangi shahar bo‘ladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida barpo etilayotgan zamonaviy inshootlar qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Poytaxtning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda barpo etilayotgan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi shunday zamonaviy markazlardan bo‘ladi. Loyihaga muvofiq bu yerda biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, Kongress-xol, ko‘rgazma zallari, ko‘p qavatli zamonaviy uylar, ijtimoiy va boshqa obyektlar barpo etiladi.

Bugungi kunda Tashkent City hududida Kongress-xoll va zamonaviy mehmonxona qurilishi jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda.

Kongress-xoll oliy darajadagi mehmonlar ishtirokida xalqaro anjumanlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi paytda xorijlik quruvchi-muhandislar tomonidan Jet Grout texnologiyasi asosida qoziq qoqish va poydevor ishlari bajarilmoqda. Jami 4100 ta shunday qoziq qoqiladi va ularning umumiy uzunligi 50 kilometrga yetadi.

Yigirma qavatdan iborat besh yulduzli mehmonxona eng zamonaviy qulayliklarni o‘zida mujassam etadi. Ushbu mehmonxonada ham nufuzli anjumanlar o‘tkazish uchun zallar, restoranlar, salonlar, basseynlar quriladi. Ikkala inshootdan bir-biriga maxsus ko‘prik orqali o‘tish mumkin bo‘ladi.

Prezident loyihalar bilan tanishar ekan, mazkur inshootlarni eng zamonaviy texnologiyalar va me’morlik andozalari asosida barpo etish kerakligini ta’kidladi.

“Tashkent City shahar ichidagi yangi shahar bo‘lishi kerak, bu shaharcha katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan O‘zbekistonimizning bor salohiyatini o‘zida to‘la namoyon etishi zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qurilishni tezlashtirish, inshootlarni 2019-yil avgust oyida foydalanishga topshirish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют