» » Tashkent City’ning Kinochilar uyi o‘rnidagi loyihasi bir necha bor o‘zgardi (foto)

Tashkent City’ning Kinochilar uyi o‘rnidagi loyihasi bir necha bor o‘zgardi (foto)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi loyihasi bilan yana bir bor tanishdi.

Tashkent City loyihasi haqida ilk rasmiy xabar oktabr o‘rtalarida paydo bo‘lgan, konsepsiyaning ilk suratlari ham o‘shanda taqdim etilgan edi. Oktabr oxirida Shavkat Mirziyoyev loyiha bilan yaqindan tanishgan. “Shahar ichida shahar” qurilishi munosabati bilan Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi 80 gektar hududda joylashgan hovlilar va bir qator ma’muriy inshootlar, jumladan, Kinochilar uyi binosi buzilmoqda.

13-oktabrda e’lon qilingan dastlabki Tashkent City suratlari bilan 28-oktabrda Prezident tanishgan loyihada bitta sezilarli farq bor edi — Furqat ko‘chasi bo‘ylab joylashgan to‘rt qavatli binolar ko‘rinishi o‘zgargan.

Shavkat Mirziyoyevning Tashkent City’ga 23-dekabrdagi tashrifi haqida O‘zA agentligi va “Axborot 24” informatsion teledasturi tomonidan taqdim etilgan foto va videomateriallarda loyihaning boshqa qismlarida ham o‘zgarishlar bo‘lgani ko‘rindi.

Xususan, oktabrdagi suratlarni qo‘shib hisoblaganda, Kinochilar uyi o‘rnida qad rostlaydigan inshootlarning uch xil varianti paydo bo‘lgan. Oktabrdagi suratlarda kinosaroy o‘rnidagi maydon asosan yashil hudud ekani, uning yonida esa ko‘p qavatli ma’muriy bino qad rostlagani aks etgan edi.

“Axborot 24”ning 23-dekabrdagi tashrif haqidagi lavhasida Kinochilar uyi o‘rnida ikki ovalning tutashuvidan iborat katta bino surati namoyish etildi. O‘zA ma’lumotiga ko‘ra, bu kongress-xoll, ko‘rgazma markazi va mehmonxonadan iborat majmua edi.

Ayni vaqtda, xuddi shu kuni tashrif joyidan O‘zA va Prezident matbuot xizmati e’lon qilgan Shavkat Mirziyoyevning surati fonidagi peshlavhada Kinochilar uyi o‘rnida endi boshqa inshoot turgani ko‘rsatilgan.

Kinochilar uyi o‘rnida qad rostlaydigan binodan tashqari, 23-dekabrdagi materiallarda Olmazor ko‘chasi yoqasida — Lukoil kompaniyasi qarorgohi bilan bir qatorda quriladigan osmono‘par binolar soni bittaga ko‘paygan.

Prezidentning Tashkent City bilan tanishuviga bag‘ishlangan “Axborot 24”ning 23-dekabrdagi lavhasi so‘ngida Kinochilar uyi buzilishidan lavhacha ko‘rsatildi. Mana uning holati:

Опубликовано: admin (25-12-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют