» » Shavkat Mirziyoyev Olmazor city loyihasi bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Olmazor city loyihasi bilan tanishdi (foto)


Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasidagi madaniyat saroyida Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Olmazor tumanining yangi markazi — Olmazor city’ni barpo etish loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

Yangi Olmazor ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li o‘rtasidagi 24 gektardan ziyod hududda barpo etiladigan ushbu mavzeda ma’muriy binolar, ko‘p qavatli uylar, zamonaviy biznes markaz, mehmonxona va xiyobon, ta’lim va tibbiyot muassasalari qurish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari loyiha taklifini ma’qulladi.

Yoshlar bilan ishlash, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Tumandagi bo‘sh turgan binolarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy investitsiyalar va texnologiyalar olib kelish, odamlarga ish o‘rinlari yaratish zarurligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют