» » Olmazordagi barcha muhtoj oilalar 2020-yil oxirigacha kambag‘allikdan olib chiqiladi

Olmazordagi barcha muhtoj oilalar 2020-yil oxirigacha kambag‘allikdan olib chiqiladi


12-iyun kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi korxonalar faoliyati, yangi binolar va loyihalar bilan tanishgan Shavkat Mirziyoyev mutasaddi rahbarlar ishtirokida tuman faollari, nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Uchrashuvda tumanda kambag‘allikni qisqartirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirib, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Prezident matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga asosan, uyma-uy yurish orqali Olmazorda 3 ming 23 ta yordamga muhtoj oila borligi aniqlangan. Shundan 568 oila a’zosi ishga joylashtirilib, yordamga muhtojlar toifasidan chiqarilgan. Yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosari qolgan 2 ming 455 oilani yil oxirigacha kambag‘allikdan olib chiqish bo‘yicha ko‘riladigan choralar haqida hisobot berdi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 00:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют