» » Koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonda 450 mingga yaqin oilaning daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin

Koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonda 450 mingga yaqin oilaning daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun, chorshanba kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, pandemiya sharoitida eng farovon davlatlarda ham aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish katta muammo bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda ham ishsizlar soni ko‘paydi. Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, pandemiya 450 mingga yaqin oila daromadiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar hamda “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ro‘yxatlar shakllantirilgan. Ularga muvofiq, bugungi kunga qadar shunday oilalarning 540 mingtasiga 307 milliard so‘mlik ko‘mak berildi.

Davlat rahbari asosiy maqsad kambag‘al oilaning hech bo‘lmaganda bitta a’zosini ish bilan ta’minlab, ularni muhtojlikdan chiqarish ekani, shuning uchun har bir oila, har bir fuqaroning muammosi bilan alohida shug‘ullanish zarurligini ta’kidladi.

“Bu sinovli davrda raqamlar ortidan quvish emas, balki xalqni rozi qilish uchun chin ko‘ngildan ishlash kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda tuman (shahar) sektor rahbarlariga eng qiynalgan va muhtoj oilalar ro‘yxatini shakllantirib, ularni kambag‘allikdan xalos etish rejasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Viloyat hokimining iqtisodiyot va mahalla masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari sektorlar hamda tijorat banklari ishini muvofiqlashtirib, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga mas’ul bo‘ladi. Bosh vazir o‘rinbosari rahbarligida Respublika shtabi ularning hisobotini eshitib, muammolarini hal qilishga vazirlik va idoralar, tijorat banklarini jalb qiladi.

Ushbu tizim Yagona ijtimoiy reyestr uchun ham katta zamin bo‘ladi. Mutasaddilarga yil oxirigacha mazkur reyestrni vazirlik—viloyat—tuman—mahalla kesimida to‘liq joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Kambag‘allik chegarasi va mezonlarining jahon amaliyotida tan olingan 4 ta hisoblash usuli Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani misolida sinovdan o‘tkazilishi belgilandi.

Mavzuga doir: So‘nggi bir oyda xorijdagi 28 ming nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют