» » O‘zbekistonda 2020-yil sanoat sohasida 145 ming kambag‘al aholini ishga joylashtirish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda 2020-yil sanoat sohasida 145 ming kambag‘al aholini ishga joylashtirish rejalashtirilgan


Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda hunarmandchilik uchun bugungi kunga qadar 190 milliard so‘m ajratilgani, ammo Navoiy, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarida bu mablag‘larning o‘zlashtirish sur’ati tanqid qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmat xabar berdi.

2020-yilda sanoat sohasida 7,5 mingta hududiy loyihani amalga oshirish hisobiga 145 ming nafar kambag‘al aholini ishga joylashtirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, qiymati qariyb 11 milliard dollar bo‘lgan 206 ta yirik ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirib, 31 mingdan ziyod yuqori daromadli ish o‘rni yaratish choralari belgilangan. Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga ushbu loyihalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Qishloq xo‘jaligida ham kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘p. Yig‘ilishda birinchi yarim yillikda 38 ming gektar yerni oborotga kiritish hisobiga 25 ming nafar, yil yakuniga qadar yana qo‘shimcha 51 ming gektarni o‘zlashtirish evaziga 45 ming odam bandligini ta’minlash rejalashtirilgani qayd etildi. Bu yerlarning 20 ming gektari kam ta’minlangan oilalarga beriladi.

Shuningdek, g‘alladan bo‘shaydigan 120 ming gektar maydonni takroriy ekin uchun ajratib, 300 mingga yaqin oilaga daromad manbayi yaratish belgilangan. Bundan tashqari, paxta-to‘qimachilik klasterlarining 965 million dollarlik 107 loyihasini amalga oshirish natijasida 28 mingdan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan kam ta’minlangan 28 ming xonadonga naslli echki, 50 mingta oilaga parranda, 100 mingtasiga naslli quyon tarqatiladi.

Qurilish sohasidagi imkoniyatlar ko‘rib chiqilar ekan, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan ajratilgan 3,6 trillion so‘m hisobidan bajariladigan qurilish-pudrat ishlariga 85 ming nafar odamni jalb qilish mumkinligi aytib o‘tildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют