» » So‘nggi bir oyda xorijdagi 28 ming nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

So‘nggi bir oyda xorijdagi 28 ming nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-iyun, chorshanba kuni kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari tadbir avvalida mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. So‘nggi o‘n kunda o‘rta hisobda kuniga 70-80 kishida kasallik aniqlangani, hali xotirjamlikka o‘rin yo‘qligi ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan. Ularning ko‘pchiligida kasallik aniqlangan.

Shuningdek, qariyb 200 nafar xalqaro yuk tashuvchi haydovchida koronavirus aniqlangan. Umuman, hozirgi kunda uy sharoitida 26 ming, statsionarda 21 ming kishi karantinda qolmoqda.

“Qizil” va “sariq” hududlar hisoblangan viloyat, shahar va tumanlarda karantin qoidalariga qat’iy amal qilish shartligi yana bir bor aytib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, 25—31-may kunlari 8 ta charter reys amalga oshirilgan hamda Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi. Bundan tashqari, 25-maydan 7-iyun kunigacha 17 ta reys orqali xorijdagi fuqarolarni evakuatsiya qilish rejalashtirilgan va bu reyslar amalga oshirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda chet eldan olib kelingan O‘zbekiston fuqarolari soni 47 ming nafarni tashkil etayotgani ma’lum qilingandi. Keyingi 10 kunda esa 3,5 ming odam havo yo‘llari, 7 mingga yaqin vatandosh esa chegara postlari orqali O‘zbekistonga kelishi kutilayotgani bildirilgandi. Shuningdek, 100 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytish istagini bildirib, navbat kutayotgani aytilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют