» » “Yuventus” safardagi gol evaziga “Milan”ni ortda qoldirib, Italiya Kubogi finaliga yo‘l oldi

“Yuventus” safardagi gol evaziga “Milan”ni ortda qoldirib, Italiya Kubogi finaliga yo‘l oldi


Italiya Kubogi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan “Yuventus” — “Milan” uchrashuvi 12-iyun, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning debyuti milanliklar uchun omadsiz boshlandi. 16-daqiqadayoq mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi, biroq Krishtianu Ronalduning 11 metrdan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. “Milan”ning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Oradan soniyalar o‘tib milanliklar hujumchisi Ante Rebich raqibga nisbatan ochiq fol ishlatgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Sondagi ustunlikka qaramay turinliklar hisobni o‘zgartira olmadi va o‘yin nursiz durang bilan yakun topdi.

Shu tariqa “Yuventus” safardagi o‘yinda (1:1) kiritilgan gol evaziga final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Ikkinchi finalchi nomi 13-iyun tunida bo‘lib o‘tadigan “Napoli” — “Inter” uchrashuvida aniq bo‘ladi.

Italiya Kubogi

Yarim final, javob bahsi

12-iyun, juma

“Yuventus”: Buffon, Danilo (Kuadrado, 86), de Ligt, Aleks Sandro, Bonuchchi, Matyuidi (Rabyo, 62), Pyanich (Xedira, 62), Bentankur, Duglas Kosta (Bernardeski, 63), Ronaldu, Dibala.

“Milan”: Donnarumma, Konti (Salemakers, 88), Kalabriya (Laksalt, 88), Romanyoli, Kyer, Bennaser, Chalhano‘glu, Lukas Paketa (Kolombo, 82), Bonaventura (Rafael Leau, 52), Kessie (Krunich, 82), Rebich.

Ogohlantirishlar: Konti (19), Pyanich (43), Xedira (74).

Chetlatish: Rebich (16).

Ilk o‘yin — 1:1

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 02:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют