» » Namanganda universitetga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 2,5 ming dollar va 5 mln so‘m talab qilgan firibgar o‘qituvchi qo‘lga tushdi

Namanganda universitetga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 2,5 ming dollar va 5 mln so‘m talab qilgan firibgar o‘qituvchi qo‘lga tushdi


Namanganda litsey o‘qituvchisi universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2,5 ming AQSh dollari va 5 million so‘m miqdorida pul talab qilgan va ularni olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan Davlat universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi R.Q. qo‘lga olindi. R.Q. A.K.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali NamDUga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2,5 ming AQSh dollari va 5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 

Avval Termizda 10 million so‘mga soxta diplom rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan kollej direktori o‘rinbosari DXX tomonidan qo‘lga tushgani, Sirdaryoda fuqaroni qalbaki ma’lumotlar yordamida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangani va 5 ming dollar evaziga konservatoriyaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan litsey o‘qituvchisi qo‘lga olingani haqida xabarlar berilgan. 2020-yil mart oyida Toshkentda ishga kiritib qo‘yish uchun fuqarolardan qariyb 19 million so‘m undirayotgan “mayor” hibsga olingan.

Mavzuga doir: “Inson muvaffaqiyatining 90 foizi uning aynan o‘ziga bog‘liq”. Xalq ta’limi vaziri maktabni bitirayotgan yoshlarga murojaat yo‘lladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют