» » Braziliya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqib oldi

Braziliya koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqib oldi


Braziliya butun dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi. Bu haqda Worldometers sayti ma’lumotlarida keltirilgan.

13-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda 41 901 kishi COVID-19 koronavirus infeksiyasi qurboniga aylangan.

Koronavirus oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha AQSh hamon yetakchilik qilmoqda — 116 831 qurbon.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 829 902 kishiga yetgan. Mamlakat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham dunyoda ikkinchi o‘rinda ketmoqda.

O‘tgan bir sutka ichida mamlakatda koronavirusni yangi yuqtirib olish holatlari bo‘yicha rekord o‘rnatilgan — qariyb 141 ming kishi.

Hozirda butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 7 739 831 kishini, virus qurbonlari soni esa 428 337 kishini tashkil etmoqda. Bugungi kunga qadar dunyoda 3,96 milliondan ortiq bemor koronavirusdan sog‘aygan.

Avvalroq Braziliya mamlakatdagi koronavirusga oid muhim statistikani e’lon qilishni to‘xtatgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Braziliya AQSh kabi JSSTni tark etish bilan tahdid qildi

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Braziliya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Britaniyadan o‘zib ketib, dunyoda 3-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, 23-may kuni Rossiyadan o‘tib, 2-o‘ringa ko‘tarilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют