» » Pekindagi tumanlarning birida koronavirus sabab “harbiy holat rejimi” joriy etildi. COVID-19 tumandagi baliq bozorida aniqlangan

Pekindagi tumanlarning birida koronavirus sabab “harbiy holat rejimi” joriy etildi. COVID-19 tumandagi baliq bozorida aniqlangan


Pekindagi yirik bozorlarning birida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha to‘rtta va kasallikni belgisiz tashish bo‘yicha 45 ta holat qayd etildi. Bu haqda Pekin Kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish markazi rahbari Pan Sinxoga tayanib, Reuters xabar berdi.

Pekinning Fentay tumanida COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgach, “harbiy holat rejimi” e’lon qilindi.

Koronavirus so‘nggi bir necha kun ichida tumanning 45 fuqarosida aniqlangan bo‘lib, ularda kasallik belgilari kuzatilmagan.

Kasallanish holatlarining barchasi Sindafigi oziq-ovqat bozori bilan bog‘liq. Ta’kidlanishicha, koronavirus import qilingan lososlarni kesishga mo‘ljallangan taxtadan topilgan.

Shu sababli shahardagi barcha bozorlar vaqtincha yopilgan. Shuningdek, hukumat maktablarni ochish to‘g‘risidagi rejani keyinroqqa qoldirishga qaror qilgan.

Avvalroq butun Xitoy bo‘ylab so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 11 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 7 ta holat aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusni zararsizlantiruvchi antitanalarga ega dori vositasini sinovdan o‘tkazish boshlandi

Ma’lumot uchun, Xitoyda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bir nafar bemorni davolashga XXR budjetidan 3,2 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanmoqda. Ayrim holatlarda og‘ir kasallanganlarni davolash uchun 140 ming dollargacha pul ishlatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 126) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют