» » Vadim Abramov: Futbolni juda ham sog‘ingandik

Vadim Abramov: Futbolni juda ham sog‘ingandik


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasidan o‘rin olgan “Bunyodkor” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan (1:0) so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Dastlab mezbonlar ustozi Vadim Abramov “Qo‘qon-1912”ga qarshi kechgan uchrashuv haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Uzoq tanaffusdan keyin futbolni sog‘ingan edik. O‘yinda tashabbusga ega bo‘ldik deya olaman. Ayniqsa, birinchi taymda yaratgan vaziyatimizdan keyin raqib yaxshi himoyalana oldi. Ikkinchi taymda ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik va yakunda g‘alabani qo‘lga kiritdik.

Mashg‘ulot o‘yini bilan rasmiy uchrashuvlarning farqi bor. O‘ylashimcha, 3-4 o‘yindan keyin kerakli formani yig‘ib olamiz. Bugun e’tiroz bo‘ladigan ko‘p jihatlar ham shu kabi kamchiliklarga bog‘liq. Umuman, hamma klublar hozir bir xil vaziyatda”.

Mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov esa o‘yinga tarkib tanlashda adashgan bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Ochig‘i, 3 oy davomida futbol o‘ynamadik. “Navbahor” bilan o‘rtoqlikdan keyin jamoamiz holati yaxshi deb o‘ylagan edim. Lekin rasmiy o‘yin baribir boshqacha ekanini ko‘rsatib berdi. “Bunyodkor” to‘p nazorati bo‘yicha kuchli ekanini isbotladi va amalda haqli g‘alabaga erishdi.

Balki, asosiy tarkib tanlashda adashgandirman. Qator chiziqlarda teng kuchli o‘yinchilar bor. Ammo shu tarkibda to‘xtaldik. Mezbonlar chuqur himoyalanishga majbur qildi va bu amalda o‘z natijasini ko‘rsatdi. Bugungi o‘yinga munosib tayyorgarlik ko‘rgan edik. Hamma rejamizni amalga oshira olmadik. Fikrimcha, yigitlarimiz ham kamida durang uchun mehnat qilishgan edi”, — dedi Ashurmatov.

“Bunyodkor” ushbu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 9 taga yetkazib, peshqadamlarga (“Paxtakor”, “Nasaf”) yetib olgan bo‘lsa, qo‘qonliklar 6 ochko bilan 6-o‘rindan joy olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют