» » O‘zbekistonda davlat bog‘chalari 1-avgustdan ochiladi, nodavlat bog‘chalardagi 15 kishilik cheklov bekor qilindi

O‘zbekistonda davlat bog‘chalari 1-avgustdan ochiladi, nodavlat bog‘chalardagi 15 kishilik cheklov bekor qilindi


O‘zbekistonda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarni qabul qilishga puxta tayyorlash, shu jumladan sanitariya-gigiyenik qoidalar va xavfsizlik choralarini to‘liq ta’minlash maqsadida ularning faoliyatiga 2020-yilning 1-avgustidan boshlab ruxsat beriladi. Bu haqda 14-iyun kuni Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asoslanib Telegram’dagi @koronavirusinfouz kanali xabar berdi.

Bunda:

Shu bilan birgalikda, 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgan bo‘lib, bunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish to‘g‘risidagi cheklov bekor qilindi.

“Bunda, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin cheklovlariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha mas’uliyat maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga birdek yuklatiladi”, — deyiladi Respublika maxsus komissiyasi qarorida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют