» » Sergelidagi paxta korxonasi omborxonasida yong‘in chiqdi (video)

Sergelidagi paxta korxonasi omborxonasida yong‘in chiqdi (video)


14-iyun soat 18:40 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan “Toshkent mintaqaviy paxta terminali” MChJga qarashli omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xonobod ko‘chasi 4-uyda joylashgan MChJning 1500 kvadrat metr maydoni yong‘in natijasida zarar ko‘rgan.

Ta’kidlanishicha, yong‘in qutqaruv bo‘limlari manzilga soat 18:45 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 21:23 da to‘liq bartaraf etilgan. Omborxonaning 2100 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in joyiga 9 ta maxsus yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan. Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Andijon viloyati Xo‘jabod tumanidagi tikuv sexida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют