» » Xitoyda yana 49 kishida, Janubiy Koreyada esa 37 kishida koronavirus qayd etildi

Xitoyda yana 49 kishida, Janubiy Koreyada esa 37 kishida koronavirus qayd etildi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 49 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 18 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 1 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 57 ta holat, kasallik belgisiz o‘tayotgan 9 ta holat aniqlangandi. Kasallanish holatlarining aksariyati Pekinda aniqlangan bo‘lib, ulgurji bozor bilan bog‘liq edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga Xitoy va Koreyadan kelganlar endi karantinga olinmaydi

Mamlakatda umumiy hisobda 83 181 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 370 nafari sog‘aygan, 4 634 nafari vafot etgan. Kasalxonalarda 177 nafar bemor qolmoqda.

Shuningdek, sutka davomida 18 kishi infeksiyani belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan. Shunday kishilarning yana 112 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Mavzuga doir:Ekspert Pekinning COVID-19 borasida “ikkinchi Uxan” bo‘lish yoki bo‘lmasligiga baho berdi

Janubiy Koreyada esa sutka davomida 37 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 12 121 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” .

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlarning 24 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 13 nafari chetdan yuqtirgan.

So‘nggi sutkada 27 kishi koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 10 730 nafarga yetdi. Kasallik qurbonlar soni 277 kishini tashkil qilmoqda..

Mavzuga doir: Olimlar yangi pandemiya boshlanishi mumkin bo‘lgan joyni aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют