» » Xitoy hukumati Pekinda koronavirus tarqalish xavfi yuqori ekanligidan ogohlantirdi

Xitoy hukumati Pekinda koronavirus tarqalish xavfi yuqori ekanligidan ogohlantirdi


Xitoy poytaxti Pekinda koronavirusning yangi o‘chog‘i paydo bo‘lgani uchun shaharda kasallik avj olishi mumkinligidan ogohlantirildi. “RBK”ning yozishicha, bu haqda Xitoy Davlat kengashi bosh vazirining o‘rinbosari Sun Chunlan ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Pekindagi yangi kasallik holatlarining barchasi “Sinfadi” eng yirik ulgurji bozori bilan bog‘liq. Infeksiya tarqalishi xavfi katta ekanligidan ogohlantirgan Sun Chunlan qat’iy choralar ko‘rishni talab qilgan.

Bundan tashqari, siyosatchi bozorda va uning atrofidagi hududlarda qat’iy epidemiologik tekshiruv o‘tkazishga, shuningdek, infeksiya manbasini aniqlashga chaqirdi.

South China Morning Post’ning Pekin sog‘liqni saqlash komissiyasiga tayanib xabar berishicha, so‘nggi sutkada Pekin aholisining 76 499 nafari koronavirusni aniqlash bo‘yicha testdan o‘tgan. Ularning 59 nafarida test natijalari ijobiy chiqqan.

Ushbu holatlarning bir qismi rasmiy statistikaga kiritilgan, ayrimlarining tahlil natijalari tasdiqlanishi kutilmoqda. Umumiy hisobda esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Pekinda koronavirusga chalinganlar soni 79 kishiga yetdi.

Avvalroq Xitoy kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi katta epidemiologi Pekinning COVID-19 borasida “ikkinchi Uxan” bo‘lish yoki bo‘lmasligiga baho bergandi. Ayni vaqtda Pekinning to‘rtta hududida epidemiologik xavf darajasi “quyi”dan “o‘rta”ga ko‘tarilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют