» » Shipilov “Lokomotiv” tor-mor etilgani haqida: “Ikki o‘zgarishning ortidan 2 ta gol bo‘lgani sababli o‘zimni dahoga tenglashtirmayman”

Shipilov “Lokomotiv” tor-mor etilgani haqida: “Ikki o‘zgarishning ortidan 2 ta gol bo‘lgani sababli o‘zimni dahoga tenglashtirmayman”


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda Toshkentning “Lokomotiv” klubi Bekobodning “Metallurg”ini qabul qildi. Uchrashuvda bekobodliklar “temiryo‘lchilar” darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi.

O‘yindan so‘ng “Lokomotiv” ustozi Andrey Fyodorov mag‘lubiyatga sabab deya, vaziyatlardan unumli foydalana olmaslikni ko‘rsatdi.

“O‘yindan so‘ng tahlil qilish qiyin. “Metallurg”ga qarshi so‘nggi yillarda qiyin uchrashuvlar o‘tkazayotgan edik. Odatda, uy yoki safar bahsidan qat’i nazar kim birinchi gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonib kelayotgan edi. Hisob 0:0 bo‘lib turgan vaqtda yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak edi. Shunda bahs butunlay boshqacha ssenariy ostida o‘tar edi. To‘g‘ri, o‘yinni kuchaytirish uchun zaxiradan tushgan futbolchilar hujumdagi agressivlikni oshirdi, ammo ularga mahorat yetishmadi. Bunday uchrashuvlardan ular tajriba olishadi”, — deydi Fyodorov.

Mehmonlar ustozi Andrey Shipilov o‘yin haqida bildirar ekan, biroz kamtarlik qilgan holda g‘alabani omadga yo‘ydi.

“Uzoq vaqt o‘yin amaliyoti bo‘lmadi va biroz noqulayliklar bo‘ldi. Biz qanday o‘ynashimiz, raqib qanday o‘ynashini oldindan aytish mushkul edi. Shuni ayta olamanki, bugun omadimiz keldi. Yigitlarga kiyim almashtirish xonasida “Lokomotiv”ni safarda ilk bor mag‘lub etganimizni aytib o‘tdim. Biz o‘z ishimizni bajardik. Birinchi bo‘limda har ikki jamoa ham yaxshi harakat qildi. “Temiryo‘lchilar” to‘pni ko‘proq nazorat qildi.

35-daqiqalardan keyin esa ortga biroz “yotishga” majbur bo‘ldik. Shunchaki, jamoa hali yetarlicha kuch to‘play olmagani ko‘rindi. Ikkinchi bo‘limda esa... Keling, ikki o‘zgarishning ortidan ikki gol bo‘lgani sababli o‘zimni dahoga tenglashtirmayman.

Bu reja doirasidagi o‘zgarish edi. Futbolchilarimning katta qismi 90 daqiqalik futbolga tayyor emasligi ko‘rinib turgandi. Shunchaki, charchagan futbolchilarni o‘zgartirgandim, keyin esa omad kulib boqdi. Shunday ajoyib stadionda o‘ynash juda yoqimli. Havo ham unchalik issiq bo‘lmadi. Faqatgina uzoq muddat davomida futboldan dam olganimiz bizga xalaqit qilayotgandi. Ammo baribir sog‘liq birinchi o‘rinda, sportni esa keyingi pog‘onaga qo‘yaman”, — deya Shipilovning so‘zlarini keltirmoqda “Championat.asia” nashri.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Metallurg” ochkolarini 7 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Lokomotiv” esa (6 ochko) 7-pog‘onaga tushib ketdi.

Mavzuga doir: Dilyaver Vaniyev “Surxon”ga qarshi o‘yin haqida: “Natijadan qoniqmadim”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют