» » Kanchelskis Jasur Jaloliddinov haqida: Uni Navbahorga ham taklif qilishdi, biroq 300 ming yevro juda qimmat

Kanchelskis Jasur Jaloliddinov haqida: Uni Navbahorga ham taklif qilishdi, biroq 300 ming yevro juda qimmat


Navbahor bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Bunyodkor yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovga Rossiyaning Lokomotiv klubi tomonidan qiziqish bolayotgani haqidagi xabarlarga sharh berdi.

Bu futbolchini bizga ham taklif qilishdi, biroq biz 18 yoshli futbolchiga bu qadar kop pul tolay olmaymiz. 300 ming yevro sorashdi, bu juda kop. Oylashimcha, u hali Ozbekiston chempionati darajasidan otgani yoq. U hali qotishi va et olishi kerak.

Hozir Jasurga Rossiya chempionatiga kirishib ketish qiyin boladi boyi uzun bolmagan, chaqqon oyoq va aqlga ega yigit. Avvallari qanot hujumida paydo bolardi, asta-sekin jamoa asosiy tarkibiga kirib bormoqda. Yomon emas, qobiliyat nishonalari bor, ammo u hali shu yerda biroz oynashi kerak.

Yevropaning top-60 iqtidor egalari safiga kira oladimi? Bunday deya olmayman. Uning bir nechta oyinini kuzatdim, u Italiyada korikdan otib keldi, biroq ularga togri kelmadi. Ketishiga hali erta, yigitcha atrofida juda kop ajiotaj bolmoqda.

Lokomotiv yangi bosqichda. Navbatdagisi. Bu xabarlar haqiqatmi yoki yoq, bilmayman. Agar bu futbolchi ularni qiziqtirib qoygan bolsa, u holdabu transferuchun pulni albatta topishadi, deydi Kancheslkis.

Avvalroq Bunyodkorning 18 yoshli futbolchisiga Lokomotivdan qiziqish borligi va temiryolchilar yosh iqtidor egasi uchun 450500 ming yevrodan voz kechishga tayyorligi haqida xabar qilingandi. Angliyaning The Guardian nashri 2019-yilda Jasurni jahonning eng yaxshi yosh futbolchilar top-60 ligiga kiritgandi.

Eslatib otamiz, futbolchi dekabr oyida Italiyaning Benevento klubi korigida bolib qaytgandi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (16-06-2020, 09:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -