» » O‘zbekistonda “yashil” toifaga o‘tgan 10 ta hududda masjidlar ochildi

O‘zbekistonda “yashil” toifaga o‘tgan 10 ta hududda masjidlar ochildi


O‘zbekistonda 13-iyun holatiga ko‘ra “qizil”, “sariq” va “yashil” toifadagi hududlar ro‘yxati yangilangani xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, Buxoro viloyati Kogon tumani, Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani, Navoiy viloyati Konimex tumani, Samarqand viloyati Pastdarg‘om, Oqdaryo, Tayloq va Jomboy tumanlari, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani va Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani, Nurafshon shahriga “yashil” hudud toifasi berilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 16-iyundan boshlab, ushbu hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aksincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani, Buxoro viloyati Vobkent tumani, Namangan viloyati Namangan va Chust tumanlari, Surxondaryo viloyati Boysun, Muzrobod tumanlari, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri “qizil” va Navoiy viloyati Navoiy shahri, Toshkent viloyati Piskent tumani, Qashqadaryo viloyati Muborak tumani esa “sariq” toifa berilishi sababli ushbu hududlardagi masjidlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

“ ‘Qizil’ yoki ‘sariq’ hududlardan ‘yashil’ hududlar qatoriga o‘tish va masjidlar o‘z faoliyatini qayta boshlashida – har bir insonning hissasi katta bo‘ladi, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, masjidlarda sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga qat’iy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), shuningdek, ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1,5-2 metr) holda namoz o‘qish mumkin bo‘ladi.

Biroq fuqarolarning kasallikni noma’lum manbalardan yuqtirishi va aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston musulmonlari idorasi koronavirusga aloqador kitob nashr qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют