» » “Bayer” yulduzi Kay Haverts kelajagi borasida bir qarorga keldi

“Bayer” yulduzi Kay Haverts kelajagi borasida bir qarorga keldi


Leverkuzenning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Kay Haverts “Real” safiga o‘tmoqchi. Bu haqda Sportbuzzer xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, futbolchi Madrid klubi yarim himoyachisi Toni Kroosdan ilhomlanib, Angliyaga emas, Ispaniya chempionatiga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Qayd etish joiz, avvalroq “Real” “Bayer”ga Haverts borasida taklif bilan chiqqandi, biroq nemis klubi futbolchisining narxini 100 million yevroga baholagandi. “Qirollik klubi”ga esa bu miqdor ko‘plik qilgan.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli germaniyalik futbolchi ushbu mavsumda klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют