» » “Real” Donni van de Bek transferidan voz kechdi

“Real” Donni van de Bek transferidan voz kechdi


“Real” yozgi transferlar oynasida Amsterdamning “Ayaks” klubi hujumkor yarim himoyachisi Donni van de Bekni sotib olmaydi, deya xabar bermoqda Marca.

Manbada aytilishicha, “Qirollik klubi”da futbolchini sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatlar yetarli emas. Madridliklar bu haqda van de Bekning vakillarini ham ogohlantirgan.

Hozirda 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar “Manchester Yunayted” bo‘lib turibdi va unga 40 million yevro to‘lashga tayyorligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, van de Bek ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 11 ta assist yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют