» » “Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 75 mln yevro taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

“Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 75 mln yevro taklif qilgani ma’lum bo‘ldi


Yozgi transferlar vaqtida “Manchester Yunayted” “Real” yarim himoyachisi Toni Kroosni sotib olishga urinib ko‘rdi.

Sport Bild xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” 29 yoshli xavbek uchun “Qirollik klubi”ga 75 million yevro taklif qilgan. Biroq Madrid jamoasi bu taklifga rozilik bildirmagan. Keyinroq esa tomonlar Pol Pogba transferiga Kroosni qo‘shish ustida muzokara olib borgan va yakunda murosaga kela olmagan.

Qayd etilishicha, klublar Toni transferini qishda yana muhokama qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, nemis futbolchisining “Real” bilan shartnomasi 2023-yil yozida yakuniga yetadi. U joriy mavsum klub safida 3 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют