» » “Real” Pogba borasida “Manchester Yunayted”ga yakuniy taklifni yuboradi

“Real” Pogba borasida “Manchester Yunayted”ga yakuniy taklifni yuboradi


“Real” klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani qo‘lga kiritishga yana bir bor urinib ko‘radi, deya xabar qilmoqda Marca nashri.

Mankunianlar klubi Pogba uchun 150 million yevro talab qilmoqda, biroq Madrid bu miqdordagi pulni to‘lamoqchi emas. “Real” muzokaralarga futbolchilaridan birini qo‘shmoqchi. Bu Garet Beyl yoki Xames Rodriges bo‘lishi mumkin.

Pogbaga “Yuventus” klubidan ham qiziqish bor. Turinliklar ham futbolchi uchun 150 million sarflamoqchi emas. Klub muzokaralarga yarim himoyachi Blez Matyuidi, shuningdek, hujumchilar Mario Manjukich va Paulo Dibaladan birini qo‘shishga tayyor. Biroq argentnalik futbolchi “Manchester Yunayted”ga o‘tishni istamayapti.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 106) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют