» » Pogba “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini uzaytirmaydi

Pogba “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini uzaytirmaydi


Fransiyalik yarim himoyachi Manchester klubi bilan yangi shartnoma imzolamaydi, deb yozadi Mirror.

Pogbaning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yil yozida yakuniga yetadi.

Avvalroq 26 yoshli futbolchining “Real”ga o‘tishi haqida xabar berilgandi. Pogbaning o‘zi ham ushbu transferga qiziqib qolgandi, biroq u hamon amalga oshganicha yo‘q.

Shunday ekan, Pol 2019/20-yilgi mavsumni “Manchester Yunayted” safida o‘tkazadi. U Angliya Premyer Ligasining dastlabki 4 ta turida, 2 ta golga hammualliflik qilishga ulgurdi.

Ma’lumot uchun, Pogba “Yunayted”ga 2016-yil 106 million yevro evaziga “Yuventus”da o‘tgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-09-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют